“Mirzacho`l – Agro Star” MChJ ochiq tanlov(tender) E'LON qiladi!
Buyurtmachi: “Mirzacho`l-Agro Star” mas'uliyati cheklangan jamiyati
Tanlov predmeti: Jizzax viloyati Mirzacho’l tumani Gulzor MFY hududidagi 200
gektar yer maydonida organik qovun-tarvuz yetishtirish bo’yicha zamonaviy
agroplantatsiyasini tashkil etish bo‘yicha loyiha smetalarini ishlab chiqish.
1 - Loyiha haqida umumiy ma'lumot - Mazkur loyiha doirasida yer maydonida
tomchilatib sug‘orish tizimini o‘rnatish, 4,3 km masofada suv ta’minoti qurish, 2 ta suv
xavzasi qurish, suv xavzalarini v to‘siq bilan o‘rash, 250 kVtlik quyosh panel o‘rnatish,
muslatkich ombori, ishlab chiqarish va ishchilar binosini va omborxona qurish hamda
agrotexnika ishlari uchun, urug‘, o‘g‘it, yoqilgi, pilyonka sotib olish – o‘rnatish,
agroplantatsia hududinu sim to’siqlar bilan o’rash ko'zda tutilgan. Loyiha ishlari
belgilangan texnik talablar va amaldagi me'yoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshirilishi
lozim.
2 - Qurilish manzili Jizzax viloyati, Mirzacho’l tumani, Gulzor MFY.
3 - Qurilish maydoni 200 gektar.
4 - Loyihaning maksimal qiymati 16 970 000 000,0 (o'n olti milliard to’qqiz yuz etmish
million) so'm.
5 - Loyiha smetani ishlab chiqish muddati 2026 yil 01 aprel sanasiga qadar.
6 - Tanlovda qatnashuvchilarga qo'yiladigan talablar
Tanlovda qatnashish uchun da'vogar tashkilotlar quyidagi talablarga javob berishi
lozim:
• qurilish loyiha smetalari ishlab chiqish sohasida belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tgan
yuridik shaxs bo'lishi;
• tegishli litsenziya va ruxsatnomalarga ega bo'lishi;
• moliyaviy barqarorlikka ega bo'lishi;
• o'xshash loyihalarni bajarish bo'yicha amaliy tajribaga ega bo'lishi;
• soliq va boshqa majburiy to'lovlar bo'yicha qarzdorligi mavjud bo'lmasligi.
7. Tanlov takliflarini taqdim etish tartibi
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan tashkilotlar o'z tijorat takliflari va tegishli
hujjatlarni belgilangan tartibda taqdim etish uchun buyurtmachi bilan bog'lanishlari
so'raladi. Shu bilan birgalikda, yuqorida keltirilgan hujjatlarning skanerlangan
nusxasini mirzachol.agrostar@gmail.com elektron manziliga junatish so'raladi.