“Mirzacho`l – Agro Star” MChJ ochiq tanlov(tender) E'LON qiladi!
Buyurtmachi: “Mirzacho`l-Agro Star” mas'uliyati cheklangan jamiyati
Tanlov predmeti: Jizzax viloyati Mirzacho’l tumani Gulzor MFY hududidagi 200 gektar yer maydoniga suv tarmog’ini qurib bitkazish ishlarini bajarish.
1 - Loyiha haqida umumiy ma'lumot - Mazkur loyiha doirasida 4,3 km masofada suv ta’minoti tizimini qurish. Qurilish-montaj ishlari belgilangan texnik talablar va amaldagi me'yoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
2 - Qurilish manzili Jizzax viloyati, Mirzacho’l tumani, Gulzor MFY.
3 - Qurilish maydoni 4,3 km.
4 - Loyihaning maksimal qiymati 6 302 455 028,0 (olti milliard uch yuz ikki millon to’rt yuz ellik besh ming yigirma sakkiz) so'm.
5 - Loyiha smetani ishlab chiqish muddati 2026yil 1 aprel sanasiga qadar.
6 - Tanlovda qatnashuvchilarga qo'yiladigan talablar.
Tanlovda qatnashish uchun da'vogar tashkilotlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
• qurilish sohasida belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tgan yuridik shaxs bo'lishi;
• tegishli litsenziya va ruxsatnomalarga ega bo'lishi;
• moliyaviy barqarorlikka ega bo'lishi;
• o'xshash loyihalarni qurilishi bo'yicha amaliy tajribaga ega bo'lishi;
• soliq va boshqa majburiy to'lovlar bo'yicha qarzdorligi mavjud bo'lmasligi.
7. Tanlov takliflarini taqdim etish tartibi
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan tashkilotlar o'z tijorat takliflari va tegishli hujjatlarni belgilangan tartibda taqdim etish uchun buyurtmachi bilan bog'lanishlari so'raladi. Shu bilan birgalikda, yuqorida keltirilgan hujjatlarning skanerlangan nusxasini mirzachol.agrostar@gmail.com elektron manziliga junatish so'raladi.