“Mirzacho`l – Agro Star” MChJ ochiq tanlov(tender) E'LON qiladi!
Buyurtmachi: “Mirzacho`l-Agro Star” mas'uliyati cheklangan jamiyati
Tanlov predmeti: Paxtakor tumani Buyuk Ipak yo’li MFY, Somonyo’li ko’chasidagi
zamonaviy Agromajmuani tashkil etish bo‘yicha loyihasini qurib bitkazish ishlarini
bajarish.
1 - Loyiha haqida umumiy ma'lumot – Mazkur loyiha doirasida 420 gektar yer
maydonida mavjud 5 dona xovuz, 15 dona suv quduqlari, 15 dona transformator va 5
dona Turkiya davlatida ishlab chiqarilgan suv nasos qurilmalarini va tomchilatib
sug’orish tizimini joriy ta’mirlash, muzlatkich ombori, 1 gektar issiqxona va yengil
konstruksiyali ofis, oshxona va boshqa infratuzilmalar qurish, ekish uchun o’g’it va
yoqilg’i maxsulotlari sotib olish va agrotexnika tadbirlarni amalga oshirish ishlarini
bajarish. Qurilish-montaj ishlari belgilangan texnik talablar va amaldagi me'yoriy
hujjatlarga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
2 - Qurilish manzili Jizzax viloyati Paxtakor tumani Buyuk Ipak yo’li MFY,
Somonyo’li ko’chasi.
3 - Qurilish maydoni 5 gektar.
4 - Loyihaning maksimal qiymati 17 561 200 000,0 (o’n etti milliard besh yuz oltmish
bir million ikki yuz ming) so'm.
5 - Qurilish ishlarining tugatish muddati 2026-yil 15 aprel sanasiga qadar.
6 - Tanlovda qatnashuvchilarga qo'yiladigan talablar.
Tanlovda qatnashish uchun da'vogar tashkilotlar quyidagi talablarga javob berishi
lozim:
• qurilish sohasida belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tgan yuridik shaxs bo'lishi;
• tegishli litsenziya va ruxsatnomalarga ega bo'lishi;
• moliyaviy barqarorlikka ega bo'lishi;
• o'xshash loyihalarni qurilishi bo'yicha amaliy tajribaga ega bo'lishi;
• soliq va boshqa majburiy to'lovlar bo'yicha qarzdorligi mavjud bo'lmasligi.
7. Tanlov takliflarini taqdim etish tartibi
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan tashkilotlar o'z tijorat takliflari va tegishli
hujjatlarni belgilangan tartibda taqdim etish uchun buyurtmachi bilan bog'lanishlari
so'raladi. Shu bilan birgalikda, yuqorida keltirilgan hujjatlarning skanerlangan
nusxasini mirzachol.agrostar@gmail.com elektron manziliga junatish so'raladi.